A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizayner va muharrirlarni ishga taklif etadi!
Institut “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (416 bet) darsligini dizayn qilish, sahifalash va matnlarini tahrirlash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma asosida quyidagi mutaxassislarni hamkorlikka taklif etadi:
- Dizayner — 1 nafar
- Muharrir — 1 nafar
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
-
Oliy ma’lumotga hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
-
Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lish, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lish;
-
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI
-
Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlikni his etish;
-
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik va kreativ fikrlash.
ASOSIY VAZIFALAR
Dizayner uchun:
-
Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
-
Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish;
-
Kitob muqovasi dizaynini ishlab chiqish.
Muharrir uchun:
-
Matn joylashuvini muvofiqlashtirish va zamonaviy dizayn dasturlari yordamida sahifalash;
-
Matnlarni imlo xatolari bo‘yicha tekshirish va to‘g‘rilash (musahhihlik xizmati).
TALABGORLAR TAQDIM ETISHI LOZIM BO‘LGAN HUJJATLAR
-
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
-
Ma’lumotnoma (obyektivka);
-
Diplom va pasport nusxalari.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 20-oktabrga qadar.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy — A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi.
☎️ Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67.
⚡️ A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
