ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI INSTITUT MUTAXASSISLARNI HAMKORLIKKA TAKLIF ETADI!
A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti “Salomatlik va farovonlik masalalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha maktab o‘qituvchilari uchun milliy qo‘llanmani ishlab chiqish” loyihasi doirasida mutaxassislarni shartnoma asosida hamkorlik qilish uchun taklif etadi.
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR
⏺Loyiha koordinatori;
⏺Qo‘llanma mazmuni va tematik modullarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar;
⏺Dars ssenariylari, amaliy topshiriqlar va metodik materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar;
⏺Raqamli va vizual materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis;
⏺Qo‘llanmani tahrirlash va yakuniy nusxasini tayyorlash bo‘yicha mutaxassis;
⏺Buxgalter.
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
⏺Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot yoki kasbiy malakaga ega bo‘lish;
⏺Ta’lim, o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish, raqamli ta’lim resurslarini yaratish, tahrirlash yoki moliya va buxgalteriya sohalarida tegishli bilim hamda ish tajribasiga ega bo‘lish;
⏺Milliy o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va tegishli me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
⏺Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
O‘zbek tilida savodli yozish va hujjatlarni rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
⏺Jamoada ishlash, belgilangan muddatlarga rioya qilish va sifatli natijalarni taqdim etish qobiliyatiga ega bo‘lish.
NOMZODLARNING SHAXSIY SIFATLARI
⏺Mas’uliyatlilik, intizom va javobgarlik;
⏺Belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish;
⏺Tashabbuskorlik va kreativ fikrlash;
⏺Yangiliklarga ochiqlik va kasbiy rivojlanishga intilish;
⏺Jamoa bilan samarali hamkorlik qilish;
⏺Berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish.
MUTAXASSISLARNING ASOSIY VAZIFALARI
1. Loyiha koordinatori
Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish va ishchi guruh faoliyatini tashkil etish;
Loyihaning ish rejasini ishlab chiqish hamda uning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilish;
Ishchi guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimotini muvofiqlashtirish va hamkorlikni ta’minlash;
Loyiha doirasida ishlab chiqiladigan materiallarning sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
Mutaxassislar, ekspertlar va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni tashkil etish;
Loyiha doirasidagi uchrashuvlar va muhokamalarni muvofiqlashtirish;
Loyiha natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va yakuniy hisobotni tayyorlash jarayonini tashkil etish;
Dastlabki baholash hisobotini takomillashtirishda ishtirok etish;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarini tashkil etish hamda ularda ishtirok etish.
2. Qo‘llanma mazmuni va tematik modullarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar
Milliy o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va tegishli me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tahlil qilish;
Milliy qo‘llanmaning tuzilmasi, mazmuni va tematik modullarini ishlab chiqish;
Bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda salomatlik va farovonlikka oid mavzularni yoritish;
Jismoniy va psixososial salomatlik, sog‘lom ovqatlanish, gigiyena, xavfsizlik, kasalliklarning oldini olish, raqamli farovonlik hamda hayotiy ko‘nikmalarga oid mazmunni ishlab chiqish;
Qo‘llanma mazmunining kutilayotgan ta’lim natijalari va kompetensiyalarga muvofiqligini ta’minlash;
Ekspertlar tavsiyalari va tajriba-sinov natijalari asosida materiallarni takomillashtirish;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
3. Dars ssenariylari, amaliy topshiriqlar va metodik materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar
Salomatlik mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tayyor dars ssenariylarini ishlab chiqish;
Amaliy topshiriqlar, interaktiv mashqlar va o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalarni tayyorlash;
O‘quvchilarda sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi hamda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish;
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun testlar va formativ baholash vositalarini tayyorlash;
Ishlab chiqilgan materiallarning ta’lim jarayonida amaliy qo‘llanilishini ta’minlash;
Ekspertiza va tajriba-sinov natijalari asosida dars ssenariylari hamda metodik materiallarni takomillashtirish;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
4. Raqamli va vizual materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis
Qo‘llanma mazmuniga mos raqamli va vizual materiallar, infografikalar, sxemalar hamda boshqa ko‘rgazmali resurslarni ishlab chiqish;
Elektron ta’lim resurslarini belgilangan texnik talablarga muvofiq tayyorlash;
Ishlab chiqilgan o‘quv-metodik materiallar va boshqa raqamli resurslarni onlinedu.uz elektron platformasi hamda KRK mobil ilovasiga kiritish va joylashtirish;
Raqamli materiallarning to‘g‘ri formatlanishi, to‘liqligi va texnik talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Tayyorlangan vizual va raqamli materiallarning mazmunga mosligi, o‘qish uchun qulayligi hamda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash;
Zarur hollarda materiallarni ekspertlar tavsiyalari asosida takomillashtirish;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
5. Qo‘llanmani tahrirlash va yakuniy nusxasini tayyorlash bo‘yicha mutaxassis
Qo‘llanma tarkibiga kiritilgan matnlar va metodik materiallarni tahrirlash;
Matnlarning imloviy, uslubiy va mazmuniy jihatdan to‘g‘riligini tekshirish;
Qo‘llanmaning barcha bo‘limlarida terminologik va uslubiy bir xillikni ta’minlash;
Ishlab chiqilgan materiallarni yagona hujjatga birlashtirish va tartibga solish;
Ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni hisobga olgan holda materiallarni takomillashtirish;
Qo‘llanmaning yakuniy bosma va elektron nusxalarini tayyorlash;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
6. Buxgalter
Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlariga muvofiq hisob siyosatini shakllantirish;
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash;
To‘lovlar, hisob-kitoblar, soliqlar va budjetga o‘tkazmalarning o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash;
Moliyaviy faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va o‘z vaqtida ro‘yxatga olinishini nazorat qilish;
Loyiha ishtirokchilariga to‘lovlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash;
UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishchi guruh uchrashuvlari va yig‘ilishlarida ishtirok etish.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI
Nomzodlar 2026-yil 23-oktabrga qadar A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Bajarish rejalashtirilayotgan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
Ma’lumotnoma (obyektivka) yoki rezyume (CV);
Diplom nusxasi;
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67.
