INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINI SHARTNOMA ASOSIDA ISHGA TAKLIF ETAMIZ
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari va ularning farzandlari uchun tashkil etilayotgan ingliz tili kurslarini olib borish uchun ingliz tili o‘qituvchilarini shartnoma asosida ishga taklif etadi.
Institutda xodimlar uchun va xodimlarning farzandlari uchun alohida ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda. Kurs davomida ishtirokchilar darajasiga mos guruhda ta’lim oladi, zamonaviy metodlar asosida ingliz tilini tizimli o‘rganadi, 4 ta ko‘nikma — gapirish, yozish, tinglash va o‘qish — bilan birga grammatikasini ham rivojlantiradi. Xodimlar uchun kurs ish faoliyati, magistraturaga tayyorgarlik yoki shaxsiy rivojlanish uchun ingliz tilini o‘rganishni istaganlarga mo‘ljallangan.
Taklif etilayotgan mutaxassis
• Ingliz tili o‘qituvchisi — 1 nafar.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Asosiy talablar:
• oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xorijiy til va adabiyoti — ingliz tili yo‘nalishi);
• ingliz tilini kasbiy darajada bilish va uni zamonaviy metodlar asosida o‘qita olish;
• o‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;
• kattalar va bolalar bilan ishlash tajribasi (afzallik).
Nomzodning shaxsiy sifatlari:
• dars jadvaliga rioya qilish, mas’uliyat, intizom va javobgarlik;
• kattalar va bolalar bilan samarali muloqot qila olish;
• yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, ijodiy fikrlash.
Mutaxassisning vazifalari
Kurslarni tashkil etish va o‘tkazish:
• kurs ishtirokchilarini bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratish va har bir ishtirokchi o‘z darajasiga mos guruhda o‘qishini ta’minlash;
• ingliz tili darslarini zamonaviy metodlar asosida, tizimli o‘tkazish;
• gapirish, yozish, tinglash va o‘qish ko‘nikmalarini hamda grammatikani rivojlantirish;
• institut xodimlari uchun va xodimlarning farzandlari uchun alohida guruhlarda dars o‘tkazish.
Dars jadvali:
• xodimlar uchun — haftada 3 kun: 2 kun ish vaqtidan 1 soat 30 daqiqa (rahbariyat ruxsati bilan), shanba kuni kelishilgan vaqtda; dars vaqti keyinchalik o‘zaro kelishiladi, ish vaqtida faqat soat 13:30 dan 15:00 gacha vaqt ajratiladi;
• xodimlarning farzandlari uchun — haftada 3 kun, toq kunlari (dushanba, chorshanba, juma) soat 10:30 dan 12:00 gacha.
Hisobot hujjatlari:
• davomat varaqasini yuritish;
• har oy yakunida ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobot topshirish.
Topshiriladigan hujjatlar va muddat
Xizmat haqi: kursdan tushgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Xizmat muddati: shartnoma kuchga kirgan sanadan kurslar yakunlangunga qadar.
Talabgorlar-2026-yilning-03-avgustdan-10-avgust sanasigacha A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
• belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
• ma’lumotnoma (obektivka) (CV);
• diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67.
