DIQQAT! “Metodik xazina” tanlov-festivaliga start beriladi!

7 20.10.2026 09:40

O‘zbekistonda rus tilini chet tili sifatida o‘qituvchi pedagoglarni o‘zlarining metodik ishlanmalari va ilg‘or pedagogik tajribalari bilan o‘rtoqlashishga taklif etamiz!

Tanlovga qanday materiallarni taqdim etish mumkin?

Mualliflik mashqi, ta’limiy o‘yin, didaktik kartochkalar yoki rus tilini chet tili sifatida o‘qitishga oid dars ishlanmasining bir qismi.

Ishlarni qabul qilish muddati:-2026-yil 20-oktyabrdan 10-noyabrgacha.

Eng yaxshi ishlar metodik qo‘llanmaga kiritilib, rus tilini chet tili sifatida o‘qituvchi pedagoglar uchun amaliy g‘oyalar va ilg‘or tajribalarni o‘zida jamlagan to‘plam sifatida nashr etiladi.


Festival Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi institut hamda Sankt-Peterburg shahridagi A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida, “Zo‘r!” (“Klass!”) loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Ishtirok etish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring:
Ishtirokchi anketasiga o‘tish


Yakuniy festivalning o‘tkazilish sanasi qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
O‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashing, hamkasblaringizni ilhomlantiring va rus tilini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yarating!

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech