Saidqulov Sodiqjon Botirovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruvida ijtimoiy muhitni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida
Saidqulov Sodiqjon Botirovichning 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruvida ijtimoiy muhitni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-noyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-uy. Tel.: (+998) 55-508-06-67. e-mail: avloniy@exat.uz, info@avloniy.uz
