A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT MILLIY INSTITUTI DIZAYNER VA MUHARRIRLARNI HAMKORLIKKA TAKLIF ETADI!

13 11.11.2026 12:13

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 432 betlik “Ijtimoiy pedagogika” darsligi ustida ishlash uchun shartnoma asosida quyidagi mutaxassislarni hamkorlikka taklif etadi:

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner — 1 nafar;
Muharrir — 1 nafar.

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- Oliy ma’lumot hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki sohasi bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODLARNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Mas’uliyatli bo‘lish va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- Yangiliklarga ochiq bo‘lish va kreativ fikrlash.

BAJARILADIGAN VAZIFALAR:
Dizayner uchun:
- Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
- Sahifalarning vizual dizaynini yaratish;
- Kitob muqovasi dizaynini tayyorlash.

Muharrir uchun:
- Matnlarning sahifalarga joylashtirilishini muvofiqlashtirish;
- Matnlarni imlo xatolaridan xoli holga keltirish (musahhihlik ishlari).

HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI
Talabgorlar 2026-yil 13-noyabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Diplom va pasport nusxalari.


Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech