A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT MILLIY INSTITUTI MALAKALI DIZAYNERNI HAMKORLIKKA TAKLIF ETADI!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 160 betlik “Milliy tarbiya asoslari” darsligini dizayn qilish va sahifalash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma asosida 1 nafar dizaynerni hamkorlikka taklif etadi.
NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
— Oliy ma’lumot va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
— Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lish;
— Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
— Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
— Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik va kreativ fikrlash.
BAJARILADIGAN VAZIFALAR:
— Darslikning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
— Darslik sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarga sayqal berish, infografika va jadvallar dizaynini tayyorlash;
— Matn va grafik materiallar (foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
— Matnlardagi imlo xatolarini tuzatish (musahhihlik xizmati);
— Darslik muqovasi dizaynini yaratish.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI
Talabgorlar 2026-yil 13-noyabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
— Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
— Ma’lumotnoma (obyektivka);
— Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
