A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali tarjimonlarni ishga taklif etadi!

489 20.03.2025 15:34

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Singapurning xalqaro ta‘lim tashkiloti bilan hamkorlikda 2025-yilning  24-27-mart kunlari matematika va tabiiy fanlar master-trenerlari uchun tashkil etilayotgan treninglarni sinxron tarjima qilish uchun malakali tarjimonlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi.

Taklif etilayotgan mutaxassis:

Tarjimon (sinxron tarjima yo‘nalishi bo‘yicha)

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ma‘lumotga ega bo‘lish, tarjima sohasida yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
oliy ma‘lumotli mutaxassis  (bakalavr yoki magistr);
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

Matematika va tabiiy fanlar (kimyo, fizika va biologiya) mutaxassisiliklari bo‘yicha terminlarni tarjima qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Nomzodning shaxsiy sifati:

Muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

Vazifa:

Tarjimon - Singapurning xalqaro ta‘lim tashkiloti bilan hamkorlikda
2025-yilning  24-27-mart kunlari matematika va tabiiy fanlar master-trenerlari uchun tashkil etilayotgan treninglarni sinxron tarjima qilish.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 25-martgacha

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
Ma‘lumotnoma (CV);
Diplom, pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech