DIQQAT! ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti "Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar" jurnali 2025-yil 2-soni uchun ilmiy maqolalarni qabul qiladi!
Agar siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
Maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish
Xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar
Ta’lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari
Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish
Ta’lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
• Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
• Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
• Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami
• Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
• Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
• Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
• Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
• Hajm: 8–16 bet
• Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
• Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
• Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi
Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
❕Maqolalar 2025-yil 31-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
Maqolalarni yuborish: journal@avloniy.uz
Ilm-fan rivojiga hissa qo‘shing – tadqiqotlaringizni biz bilan baham ko‘ring!