A.Avloniy milliy-tadqiqot institutining magistratura yo'nalishiga qabul boshlandi
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti 2024-2025-o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul boshlandi!
Institutda mavjud magistratura mutaxassisliklari uchun B1 daraja talab etiladi.
Qabul jarayonlari magistr.edu.uz platformasi orqali 2024-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar davom etadi.
ESLATIB O'TAMIZ!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida "Menejment" (Taʼlim menejmenti) va "Kattalar taʼlimi" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul davom etmoqda.
- “Kattalar taʼlimi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarida, kadrlarni qayta tayyorlash va kasbiy rivojlantirish tashkilotlarida, umumiy o'rta ta'lim muassasalariga metodik xizmatni amalga oshiruvchi idora va tashkilotlarda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
- “Taʼlimda menejment” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bitiruvchilari taʼlim muassasalarida, taʼlimni boshqaruvchi idora va tashkilotlarida mutaxassis va rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishlari, tegishli fan bo‘yicha ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishlari shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
O‘qish muddati bir yil (to‘lov shartnomasi asosida). Hujjatlar magistr.edu.uz sayti orqali onlayn tarzda 2024-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma magistr.edu.uz saytida ko‘rsatilgan.
Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar bo'yicha B1 daraja talab etiladi.
Murojat uchun:
+99855 508-06-67
Call center:
+99890 933-39-20
+99897 357-79-76