A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Pedagogika etikasi” (80-bet) hamda “Pedagog kundaligi” (220-bet) kitobini dizayn, sahifalash, uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- Dizayner (Sahifalash, dizayn,)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy ma’lumot, ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
Dizayner ‒ “Pedagogika etikasi” (80-bet) hamda “Pedagog kundaligi” (220-bet) kitobini dizayn, sahifalash.
Talabgorlar 2024-yil 18-oktabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69