A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov natijalari yuzasidan kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish uchun malakali ekspertlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

68 14.08.2024 14:11

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

- Ekspert.

 NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

  • Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish.
  • Fan, taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi.
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

 NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

  • Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
  • Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

 VAZIFA:

Ekspert – menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov natijalari yuzasidan kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish, yakuniy sinov baholash mezonlari asosida tahlil etish, arizalarni oʻrganib xolislik va adolat tamoyillari asosida xulosa berish.

 Talabgorlar 2024-yil 20-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markaziga quyidagi hujjatlar:

  • Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
  • maʼlumotnoma (Obyektivka);
  • diplom, pasport nusxalarini topshirishlari soʻraladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf xos Hojib koʻchasi, 64 uy.

 Murojaat uchun telefon: (90) 805-26-63

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech