A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali dasturchilar uchun tanlov eʼlon qilinadi!
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti malakali dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dasturchi
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Oliy ma’lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
✅Loyihalarda qatnashgan bo‘lishi;
✅Figma dasturida mukammal ishlay olishi;
✅Java skript freymvorki Vue js va Nuxt js larda ishlash buyicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
✅Go lang dasturlash tilida ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
✅Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada professional darajada bajarish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
⏩ Dasturchi
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha platforma uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Platformaning Frontend qismidagi kamchiliklarni bartaraf etish va qo‘shimcha funksiyalar joriy etish
Platformaning Backend qismiga tuzatishlar kiritish
UI/UX qismlariga o‘zgartirishlar kiritish
Platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida platformani qo‘shimcha serverga joylashtirish
Talabgorlar 2025-yil 8-yanvarga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi xujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67