A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali dasturchilar uchun tanlov eʼlon qilinadi! A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dasturchi
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Oliy ma’lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
Loyihalarda qatnashgan bo‘lishi;
Figma dasturida mukammal ishlay olishi;
Java skript freymvorki Vue js va Next js larda ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
Go lang dasturlash tilida ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada professional darajada bajarish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
Vazifalar:
test.avloniy.uz, journal.avloniy.uz, kpi.avloniy.uz va avloniy.uz platformalari bilan bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida buyurtmachi tomonidan belgilab boriladi;
test.avloniy.uz platformasining frontend va backend qismlarida qo‘shimcha funksiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga oid kontentlarni test.avloniy.uz platformasiga integratsiya qilish;
avloniy.uz saytida zaruriy o‘zgarishlar va yangilanishlarni amalga oshirish;
Ilmiy maqolalarni nashr etish tizimini yaratish maqsadida journal.avloniy.uz saytini ishlab chiqish;
kpi.avloniy.uz platformasi doirasida xodimlarning ishga kelish-ketishini hisobga olish va ularni baholash funksiyalarini amalga oshirish (frontend va backend qismida qo‘shimcha ishlov berish).
Talabgorlar 2025-yil 12-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi xujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalarini topshirishlari lozim.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: 55-508-0667 (1010)