A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yuqori malakali IT mutaxassislari shartnoma asosida ishga taklif etadi!

150 02.10.2024 16:48

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini (https://onlinedu.uzso‘ngi islohotlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo‘yicha yuqori malakali IT mutaxassislari shartnoma asosida ishga taklif etadi!

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

  1. Elektron tizim yaratish bo‘yicha tajribaga ega;
  2. Foydalanuvchi interfeysini andozalash, frontend va backend qismga ulash va dizayn elementlarini kodlashtirish;
  3. Tizim analoglari, sohadagi texnik tendensiyalar bilan ishlash;
  4. Tizim ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, tashqi integratsiyalarni amalga oshirish

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

  • Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
  • Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFALAR:

Elektron platformada quyidagi takomillashtirish ishlarini olib borish, jumladan:

  • Xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan kurslarni texnik qo‘llab-quvvatlash va o‘tkazilgan malaka oshirish kurslari sertifikatlarini rasmiylashtirish;
  • Maqsadli kurslar sertifikatini islohotlardan kelib chiqqan holda qayta ishlash (sertifikat matnini, institut nomini to‘g‘rilash);
  • Maqsadli kurslar boʻyicha statistik ma’lumotlarni chiqarish;
  • Maqsadli kurslarning davomiyligini belgilash funksiyasini ishlab chiqish;
  • Maqsadli va malaka oshirish kurslarida tushadigan testlar sonini belgilash mexanizmini ishlab chiqish;
  • Hududiy pedagogik mahorat markazlari tashkil etayotgan kurslardagi tinglovchilar soni 25 nafardan kam bo‘lgan taqdirda guruhni shakllantirish imkonini berish funksiyasini ishlab chiqish;
  • KRK tadbirlari uchun funksiyalar imkoniyatini cheklash va KRK kirish buyrug‘ini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish;
  • Elelktron platforma klonini olish;
  • Vazirlikning ERP tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini olib borish;
  • Platformada yig‘iladigan statistik ma’lumotlarni boshqa tizimga berish uchun API chiqarish.

 

Talabgorlar 2024-yil 5-oktabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining  Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:

  1. belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
  2. maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
  3. diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.

Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech