A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi AXBOROT XATI

568 05.04.2025 10:17

A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGIK MAHORAT MILLIY INSTITUTI

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkaziladigan

“Fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish: muammo va yechimlar”

mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 

AXBOROT XATI

    A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2025-yil 15-aprel sanasida “Fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilishini maʼlum qilamiz va unda ishtirok etishga taklif etamiz.

   Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan tashkil etiladi.

   Konferensiyada taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari, maktabgacha, maktab, professional va oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Mazkur respublika miqyosidagi anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda qo‘shni qardosh davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olim va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishadi.

   Konferensiyaning maqsadi – fanlarni  oʻqitish jarayonida oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan usul va metodikalarni ishlab chiqish, oʻqituvchilarda tadqiqotchilikka yoʻnaltirilgan loyiha ishlarini tashkil qilish koʻnikmalarini, oʻquvchilarda loyiha ishlarini bajarish asosida tadqiqotchilik va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, oʻqituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari samaradorligini oshirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy metodikalarni ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy ta’limiy trendlar bilan integratsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini ommalashtirish, istiqbolli ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

   Anjumanning dolzarbligi.

   Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, professional kompetentligi va pedagogik mahoratini muntazam yuksaltirib borish, o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda o‘quv tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan loyiha ishlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish kabi masalalarni har tomonlama chuqur tahlil etish ko‘zda tutilgan.

   Ushbu anjuman taʼlim sifatini oshirish, innovatsion o‘qitish metod, texnologiya va metodikalarini o‘zlashtirish, o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik metodlar bilan tanishtirish va ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini baholashning xalqaro tadqiqotlar tamoyillariga moslashtirish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni bartaraf etishda xalqaro taʼlim hamjamiyati bilan tajriba almashish maydoni vazifasini ham o‘taydi.

   Konferensiya olimlar, o‘qituvchilar va taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga o‘z tadqiqotlari, loyihalarini muhokama qilish hamda tajribalarini almashish imkonini beradi.

   Konferensiya ishi quyidagi shobalar bo‘yicha tashkil qilinadi:

  1. Ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari.
  2. Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari.
  3. Fanlarini o‘qitish samaradorligini xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, PISA, TIMMS) asosida oshirish.
  4. O‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish yo‘llari.
  5. O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish.

 

   Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

 

   Ishtirokchilar: Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishga ixtisoslashgan institutlar, markazlar, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, umumtaʼlim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar, taʼlim tizimi boshqaruv organlari xodimlari, taʼlim sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari.

   Ilmiy-amaliy ahamiyatga ega maʼruzalar konferensiya materiallari to‘plamida nashr etilishi rejalashtirilgan. Tashkiliy masalalar va to‘plamni platformada chop etish xarajatlarini qoplash uchun har bir maqolaga 100 000 so‘m (yuz ming so‘m) miqdorida badal puli mualliflar tomonidan oldindan to‘lanadi.

   Konferensiyada ishtirok etish istagini bildirganlar 2025-yil 5-aprelgacha boshlangichtalim02@gmail.com elektron pochta manzillari orqali tashkiliy qo‘mitaga maʼlum qilishlari so‘raladi.

   Shuningdek, konferensiya materiallari to‘plamida nashr etish uchun maqola va tezislarni 2025-yil 5-aprelgacha talabnoma bilan birga boshlangichtalim02@gmail.com elektron manziliga yuborilishi so‘raladi.

   Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi manzili:

   Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

   Tel.: + 998 91 548-10-60, + 998 91 519-71-53

   E-mail: boshlangichtalim02@gmail.com

   Maqola nashri uchun to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avloniy nomidagi MTI, Toshkent sh, Olmazor tum. Ziyo ko‘chasi 6-uy. Moliya vazirligi g‘aznachiligi H/R 23402000300100001010,

sh.x/r 400110860262807096200072001 INN 201555878 OKED 85530 XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi Toshkent sh. MFO 00014

INN 201122919

  • To‘lovni tasdiqlash uchun to‘lov to‘g‘risida ma’lumot (skrinshot) yuborishingiz so‘raladi.

 

   Eslatma! Konferensiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (yo‘l xarajatlari va ovqatlanish) ishtirokchilarning o‘z hisobidan qoplanadi.

 

 

 

   A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2025-yil 15-aprel kuni “Fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamida maqola chop etish uchun

 

TALABNOMA SHAKLI

 (namuna)

Hudud

Toshkent viloyati

Muallif (hammuallif) F.I.Sh.

Akmalov Akmal Akmalovich

Ish joyi

Pedagogik mahorat markazi

Lavozimi

Metodik xizmat bo‘limi metodisti

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Maqola, ma’ruza nomi

O‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari

Shoba nomi

Ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari

 

Konferensiyada ishtirok etish shakli (shaxsan yoki onlayn)

Shaxsan

Boglanish uchun telefon raqamlari

+99895 0630819

Elektron manzil (e-mail)

akmalovakmal@gmail.com

 

 

    Maqolaga qo‘yiladigan talablar:

    Maqola hajmi – 3-5 bet;

    Betlar formati – A-4;

    Til – o‘zbek, rus yoki ingliz

    Abzas – 1,25 sm.

    Shrift – Times New Roman;

    Shrift kattaligi – 14 pt;

    Qatorlararo interval – 1 interval;

    Sahifa chetidagi maydon – hamma tomondan 2 sm;

    Matnni tekislash – kenglik bo‘yicha;

    Maqola fayli – Microsoft Word (*.docx)

    Maqola strukturasi:

Maqolada maʼlumotlar quyidagi tartibda joylashtiriladi:

– maʼruza nomi katta harflar bilan (jirny shrift) o‘rtadan;

– muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni (mavjud bo‘lsa);

– muassasaning to‘liq nomi, hudud, davlat;

– uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) annotatsiya;

– uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) tayanch so‘zlar;

– asosiy matn (kirish, asosiy qism, erishilgan natijalar va xulosalar);

– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (matnda foydalanilgan manbalarning ketma-ketligida rasmiylashtiriladi, adabiyotlarga iqtiboslar kvadrat qavslarda foydalanilgan adabiyot raqamini qo‘yish bilan belgilanadi).

Maqola mazmuni konferensiya va undagi sho‘balarning maqsadlariga muvofiq holda, tahlillar va dalillar asosida yozilgan bo‘lishi lozim.

Konferensiya mavzusi va sho‘balar maqsadiga mos bo‘lmagan maqolalar qabul qilinmaydi va chop etilmaydi.

Maqola matni va talabnoma sahifalari raqamlanmagan holda taqdim etiladi.

Maqolada hammualliflar soni 3 nafardan oshmasligi tavsiya etiladi.

Eslatma! Maqola matni tahrir qilinmaydi va asli deb hisoblanadi. Maqolalar to‘plami to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa olish yo‘li bilan to‘plamga joylashtiriladi. Maqolalar antiplagiat tizimi orqali tekshirib ko‘riladi.

Maqolalarni yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilingan holda tayyorlab,    taqdim etishingiz so‘raladi.

Yuqoridagi talablar asosida tayyorlanmagan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi, to‘plamiga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Maqolani rasmiylashtirish bo‘yicha namuna:

 

Loyihaga asoslangan ta’limni samarali tashkil etish(14 pt)

 

Ashurov Akmal Abbasovich (12 pt)

p.f.f.d. (PhD), dotsent (10 pt)

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,

Toshkent, O‘zbekiston (10 pt)

 

Annotatsiya_uz (10pt)

 

Аннотация_ru(10pt)

 

Abstract-eng (10pt)

 

Tayanch so‘zlar:

Ключевые словa:

Keywords:

 

Ma’ruzachining asosiy nutqi (14 pt)-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Foydalanilgan adabiyotlar (14 pt)

 

1.

2.

 

 

 

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech