A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliyinstituti tomonidan malakali tarjimonlar uchun tanlov eʼlon qilinadi!

503 22.04.2025 11:34

Institut “PIRLS 2026 Field Test Scoring Guides” (93bet), “PIRLS 2026 Field Test Scoring Training Materials” (151 bet) va “PIRLS 2026 Field Test Scoring Rationales” (151 bet) materiallarini o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilish uchun malakali tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
 
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Tarjimonlar (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillari bo‘yicha)


NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

✅ Oliy maʼlumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
✅ Chet tillar boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi;
✅ Ingliz tilini kamida C1 darajada bilish;
✅ Har bir tarjimon oʻz ish yuritadigan tillarni (ingliz-oʻzbek, ingliz-rus, ingliz–qoraqalpoq yoʻnalishida) mukammal bilishi;
✅ Kompyuter va zamonaviy tarjima dasturlarini ishlatish koʻnikmalariga ega boʻlish;
✅ Tarjima qilish jarayonida terminologik izchillikni taʼminlash va atamalar bazasini yurita olish;
✅ Tarjima sifatini nazorat qilish va xatolarni tuzatish koʻnikmalariga ega boʻlish.


NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga qatʼiy rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash;
✅ Jamoada ishlash qobiliyati;
✅ Murakkab vaziyatlarda ham samarali ishlash qobiliyati;
✅ Tashabbuskorlik va oʻz vazifalariga ijodiy yondashish.
 
VAZIFA:
• Tarjima matnlarini toʻliq adaptatsiya qilish va matnning ravonligini taʼminlash;
• Tarjima jarayonida izchillikni saqlash va terminologik bir xillikni taʼminlash;
• Tarjima qilingan materiallarning yakuniy tahririni amalga oshirish;
• Tarjima qilingan materiallarning oʻz mazmuniga mosligi va tushunarliligini taʼminlash.
 
Talabgorlar 2025-yil 24-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obyektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: +99855 508 06 67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech