Fuqarolik shartnoma asosida elektron platforma yaratish bo‘yicha malakali IT mutaxassislari ishga taklif etiladi
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini (https://onlinedu.uz) “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yuqori malakali IT mutaxassislari shartnoma asosida ishga taklif etadi!
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Elektron tizim yaratish bo‘yicha tajribaga ega;
- Foydalanuvchi interfeysini andozalash, frontend va backend qismga ulash va dizayn elementlarini kodlashtirish;
- Tizim analoglari, sohadagi texnik tendensiyalar bilan ishlash;
- Tizim ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, tashqi integratsiyalarni amalga oshirish
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
✅ Elektron platformada “Axborot tizimini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi” yuzasidan o‘tkazilgan ekspertiza jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan:
- Bajariladigan faylni yuklashda zaiflik;
- “Nginx” veb-serveri zaifliklari;
- Ma’lumotlarni ochiqlanishida zaiflik;
- Toʻliq ajratib bajariladigan hujum (brute-force attack)da zaiflik;
- Ma’lumotlarni oshkor qiluvchi xatolik xabarida zaiflik;
- “Terrapin” hujumida zaiflik.
✅ Malaka oshirish faoliyati bilan shugʻillanuvchi NTTlar onlayn ariza berish reyestrini takomillashtirish;
✅ Malaka oshirish kurslariga tabaqalashgan oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish shakli (onlayn/oflayn) boʻyicha jalb qilish funksiyasi;
✅ Databazani tozalash.
???? Talabgorlar 2024-yil 7-iyunga qadar A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Kadrlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
✅Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
✅maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
✅diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69