ISHGA TAKLIF!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda o‘quv dasturlari asosida kontent materiallar tayyorlash bo’yicha malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
O‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda kontent materiallarni tayyorlash uchun malakali va tajribali mutaxassislar
NOMZODLARGA QO‘YILADIGANTALABLAR:
✅ Oliy ma’lumot, ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yichaoliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistrdiplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
⏩ Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari uchun 100 soatlik o‘quv reja va dasturlar hamda kontent materiallarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tayyorlash.
Talabgorlar 2025-yil 3-yanvarga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi xujjatlarni topshirishlari lozim:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69