Malakali muharrirlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!

176 13.03.2025 10:18

Diqqat!

Malakali muharrirlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “PISA 2025 raqamli dunyoda o‘rganish” (Informatika fani o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma) (80 bet) metodik qo‘llanmasini tahrirlash uchun muharrirlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Muharrir

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy ma‘lumot, yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

fan, ta‘lim yo‘nalishi yoki ta‘lim sohasi bo‘yicha oliy ma‘lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;

yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFA:

matndagi grammatik, imloviy, uslubiy xatolarni aniqlash va tuzatish;

matndagi ma‘lumotlarning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi va tushunarliligini ta‘minlash;

matnni nashr uchun tayyorlash, sayqallash va yakuniy ko‘rinishga keltirish.

Talabgorlar 2025-yil 15-martga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "Inson resurslarini rivojlantirish" bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:

Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;

ma‘lumotnoma (Obyektivka);

diplom va pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech