"Menejerlik oʻquv kurslari”ning sentabr oyida bo'lib o'tgan test va keys bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar va izohlarga MUNOSABAT
Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga asosan joriy yilning sentabr oyi tinglovchilari uchun test va keys jarayonlari boshlandi.
Ushbu test va keys jarayonlarida o'quv mashgulotida o'tilgan modullardan tashqari bo'lgan savollar ulushi ko'p bo'lganligi, testlarida xato va kamchiliklar borligi, to‘g‘risida murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali izohlar kelib tushmoqda.
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bu boradagi murojaatlar, shikoyatlar o‘rganilib, xorijiy va mahalliy xolis ekspertlarni jalb etgan holda platformadagi testlar mazmuni jihatidan yana bir marta ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqish jarayonida platformaga joylashtirilgan testlar mazmun jihatdan testologiya talablari asosida shakllantirilganligi aniqlandi.
"Menejerlik oquv kurslari"ning yakuniy sinovlari uchun yaratilayotgan Test va keys savollari ushbu havolada berilgan modullar bo'yicha tuzilishini ma'lum qilamiz.