MUNOSABAT

545 01.05.2025 11:10

Menejerlik o‘quv kurslari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda

tarqalayotgan xabarlarga

MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydgi PF-79-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 578-son buyrug‘i asosida va umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida boshqaruv samaradorligini oshirish orqali ta‘lim sifatini ta‘minlash maqsadida amaldagi maktab direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish, ularga menejerlik sertifikatini berish tizimi joriy qilingan.

Shu bilan birga kursni tugatgandan so‘ng tinglovchilar yakuniy imtihonlarda 70 va undan yuqori ball to‘plashi lozimligi qayd etilgan.

Makur tizimga ko‘ra, “Menejrlik o‘quv kurslari” 144 soatdan iborat bo‘lib, maktab direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlarning menejerlik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Kurs yakunida maktab direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmlari “Amaliy topshiriq”lar, test va keys sinovlari asosida baholanadi.

Test savollari va keyslar o‘quv dasturi asosida malakali soha mutaxassislaridan iborat testologlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza jarayonida test savollari va keyslar o‘quv dasturiga mosligi hamda direktorning umumiy o‘rta ta‘lim muassasasini rivojlantirish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, boshqaruvda raqamli texnologiyalar va sun‘iy intelektdan foydalanish, moliyaviy munosabatlarni boshqarish kabi bilim va ko‘nimlarini baholashga qaratilganligi yuzasidan tahlil qilinadi. Shundan keyin talabga javob beradigan test savollari va keyslardan baholash jarayonida foydalaniladi.

Test savollari testologiya talablari asosida bilish, qo‘llash va tahlil qilish darajalari bo‘yicha tayyorlanadi. Yakuniy sinovlar jarayonida har bir tinglovchiga bilish, qo‘llash, tahlil qilishga oid test savollari beriladi. Test savollari bazasining maxfiyligi qat‘iy nazorat qilnadi. 

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech