Shartnoma asosida ishga TAKLIF!

168 10.02.2025 17:08

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov natijalari yuzasidan kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish uchun malakali ekspertlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Ekspert.

NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:

Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;

Fan, taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlgan soha mutaxassisi boʻlishi;

Zambonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi lozim.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFA:
Ekspert – menejerlik oʻquv kursi yakuniy sinov natijalari yuzasidan kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish, yakuniy sinov baholash mezonlari asosida tahlil etish, arizalarni oʻrganib xolislik va adolat tamoyillari asosida xulosa berish.

Talabgorlar 2025-yil 17-fevralga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash" markaziga quyidagi hujjatlar:

Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
Maʼlumotnoma (Obyektivka);
Diplom, pasport nusxalarini topshirishlari soʻraladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6 uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 77-308- 98-28

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech