Institut xodimlari o‘rtasida huquqiy nigilizm mavzusida targ‘ibot tadbiri
Joriy yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ilovasining 42-bandiga muvofiq, “Aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi illat ekanligi yuzasidan to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish” ijrosini ta’minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lim va kafedra xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga huquqiy nigilizm tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, jamiyatga salbiy ta’siri hamda ushbu illatning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir yakunida institut xodimlari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, zamonaviy jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va inson huquqlarini himoya qilishning muhim ahamiyatini alohida ta’kidladilar.