A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini taʼminlash yuzasidan MAʼLUMOTNOMA

214 18.03.2025 15:44

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2025-yilning yanvar-fevral oylarida Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi tomonidan institutning boʻlimlari, kafedra professor-oʻqituvchilari va boshqa masʼul xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi 2024-yil 5-iyundagi 931-sonli qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xodimlarning deklaratsiya toʻldirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarda korrupsiyaga qarshi asosiy shartlar kiritildi, kontragentlarni tekshirish ijobiy yoki salbiy xulosa tuzish va reyestrini yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi, shuningdek, davlat dasturlarining ijrosi haqida umumiy hisobot yuritish, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish reyestrini yuritish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi tomonidan 178 nafar institut xodimlari toʻldirgan  deklaratsiyalar oʻrganib chiqildi va muassasa xodimlarining lavozimiga munosibligini koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilikdagi cheklovlar (tadbirkorlik subyektida  taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi) holatlari oʻrganildi.

Natijada, xodimlardan 9 nafari tadbirkorlik subyektining muassisi (ishtirokchisi) ekanligi aniqlandi.

Koʻrsatilgan shaxslarga mavjud qonunchilikdagi davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar xususida tushuntirish olib borilgandan keyin ular tomonidan ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanish toʻxtatilmoqda va asoslovchi hujjatlar taqdim etilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va

huquqiy nazorat boʻlimi

17.03.2025y.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech