Korrupsiya nima?

218 07.04.2025 10:58

⏺️Shaxsiy manfaat uchun vakolatdan suiiste'mol qilish;
⏺️Pora olish va berish orqali adolatni buzish;
⏺️Davlat resurslarini noqonuniy yo‘naltirish;
⏺️Tanish-bilishchilik va qarindoshlikka asoslangan qarorlar;
⏺️Qonunlarni chetlab o‘tib, shaxsiy foyda olish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — bu jamiyat taraqqiyoti va adolatli tizim qurilishi uchun muhim qadamlardan biridir. Mamlakatimizda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida ham bu illatga qarshi kurashda shaffof tizim yaratilgan.

Institutda shaffoflikni taʼminlash maqsadida pedagoglarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻqish istagini bildirgan talabgorlarni yoʻnalishlarga qabul qilish elektron platformasi ishga tushirildi. Bundan tashqari tinglovchilarning yakuniy bitiruv ishlari himoya jarayonlari raqamlashtirilgan tizim orqali baholash asosida olib borilmoqda. Davlat xaridlari toʻliq elektron tizimda amalga oshiriladi. Qolaversa, xodimlar oʻrtasida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

❓Sohada korrupsiya holatlariga duch keldingizmi, unda bizga quyidagi ishonch telefoni va Telegram bot orqali xabar bering:

Ishonch telefon: +998 91 774 69 34
Telegram bot: @avloniy_anticor_bot

Unutmang, Korrupsiya mamlakat ravnaqini barbod qiladi!

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech