Ayni damda A.Avloniy nomidagi institutda 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) kirish imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
26
18.11.2025
17:49
Jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazilmoqda.
⏺Shaffoflikni ta'minlash maqsadida baholash jarayonlari raqamlashtirilgan bo‘lib, natijalar real vaqt rejimida, talabgor xonani tark etmasdan eʼlon qilinadi.
Jarayon ZOOM platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri jonli translyatsiya qilinayotgan bo'lib, uni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.





