Ayni damda “Sen iste’dodlisan” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jami 28 nafar o‘quvchi o‘zaro kuch sinashmoqda.

35 28.12.2025 14:08

Tadbirning ochilish marosimi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat Milliy institutida bo‘lib o‘tdi, unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladi. 

Shundan so‘ng, musobaqa jarayonlariga start berildi. Unda ikki yo‘nalish — estrada-vokal (an'anaviy ijrochilik) va tasviriy san'at bo'yicha yosh iqtidor sohiblari o‘z iste'dodlarini namoyon etishdi.

 Ma’lumot uchun: umumiy o'rta ta'lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu tanlovda 5332 nafar o‘quvchi tomonidan arizalar kelib tushgan.

Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi va auksion ham bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovning taqdirlash marosimi bugun kunning ikkinchi yarmida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech