Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida PIRLS tadqiqoti doirasida O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish mavzusida trening bo‘lib o‘tmoqda.

37 06.01.2026 17:56

Treningning ochilishida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev kirish so‘zi bilan ishtirok etib, mamlakat ta’lim tizimining xalqaro baholash dasturlaridagi ishtirokining ahamiyati, xususan, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda PIRLS tadqiqotining o‘rniga to‘xtaldi.

6–8-yanvar kunlari o‘tkazilayotgan treningda hududiy pedagogik mahorat markazlarining direktor o‘rinbosarlari hamda boshlang‘ich ta’lim mutaxassislaridan iborat jami 39 nafar ishtirokchi, shuningdek, soha ekspertlari qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida PIRLS tadqiqoti natijalari asosida shakllangan ilmiy-amaliy yondashuvlar, o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari, shuningdek, ochiq ravishda e’lon qilingan PIRLS matnlarini ta’lim jarayonida samarali qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Mazkur trening mashg‘ulotlarini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘qituvchilar uchun 2 ta qo‘llanma, o‘quvchilar uchun 8 ta mashq daftari hamda maxsus onlayn platforma ishlab chiqilgan.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech