Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi va A.Avloniy nomidagi institut tomonidan “2026-yilda malaka oshirish kurslarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish” mavzusida seminar-trening boshlandi. 

18 09.01.2026 14:54

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev va institut rektori Abduvali Ismailovlar ochib berib, malaka oshirish tizimini rivojlantirish, sifat va samaradorlikni oshirish masalalariga to‘xtaldilar.

Joriy yilning 8-9-yanvar kunlari o‘tkazilayotgan seminarda uzluksiz malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi, qayta tayyorlash platformalari bilan ishlash, shuningdek, raqamli ta‘lim muhitida davomatni nazorat qilish, biometrik va geolokatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari bo‘yicha mash‘g‘ulotlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad pedagoglarning kasbiy rivojlanishini tizimli yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish jarayonlarini zamonaviylashtirish, raqamli yechimlarni keng joriy etish hamda 2026-yilda malaka oshirish kurslarini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdir.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech