PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

77 16.01.2026 16:22

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda Viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqib, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish, xususan, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda PIRLS tadqiqotining ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda A.Avloniy nomidagi institutning Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Sardorbek Palvannazirov ishtirok etib, xalqaro tajribalar, zamonaviy metodik yondashuvlar va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Seminar davomida ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga oid muhim jihatlar muhokama qilindi.

Tadbir pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda xalqaro baholash tadqiqotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech