PIRLS tadqiqoti doirasidagi treninglar davom etmoqda
A.Avloniy nomidagi institut hamda hududiy pedagogik mahorat markazlarida jami 613 nafar boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari uchun o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha treninglar davom ettirilmoqda.
Kuni kecha institutda o‘tkazilgan treninglarda “O‘qib tushunishni o‘rgatishning beshta asosiy tamoyili” asosida “Tomdagi gullar” matni amaliy tahlil qilindi.
Shuningdek, hafta davomida test.avloniy.uz platformasida o‘quvchilar uchun PIRLS tadqiqotining ochiq matnlari asosida mashg‘ulotlar olib borilishi va o‘quvchilarning platformadagi natijalari treninglar davomida muntazam tahlil qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekiston joriy yilda o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotida ikkinchi marotaba ishtirok etadi. Tadqiqotga doir yuqoridagi kabi treninglar har haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.









