“Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi hay‘at aʼzolari uchun trening boshlandi

16 04.02.2026 15:18

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich hay‘ati azolari uchun trening o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilish qismida Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev va institut rektori Abduvali Ismailovlar nutq so‘zlab, tanlovning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha maʼlumot berdilar. Xususan, baholashda subyektivlikni kamaytirish, uyg‘unlikni ta‘minlash va tanlov natijalarining shaffofligini oshirishni taʼkidladilar.

Treningda hay‘at a‘zolarining darslarni tahlil qilish va baholash bo‘yicha yagona mezonlar asosida ishlashini ta‘minlash, baholashda xolislik va adolat tamoyillariga qat‘iy rioya etish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech