Institut izlanuvchilarining ilmiy faoliyati natijalari o‘rganildi
22
05.02.2026
20:36
Bugun institutning Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Rajabov doktorant (DSc) va tayanch doktorant (PhD)lar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati natijalarini o‘rganib, tahlil qilindi.
Xususan, ilmiy-tadqiqot ishini olib borish jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish, samaradorlikka erishish, tadqiqotning joriylanishi bo‘yicha erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.





