“Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar o‘tkazildi
Tadbirda malaka oshirish kurs tinglovchilari, umumtaʼlim maktab direktor o‘rinbosarlari hamda institut xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi yod etildi.
Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodlar yodida abadiy saqlash orqali ularda milliy o‘zlikni anglash, mustaqillik qadriga yetish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalasi ilgari surildi.
Shuningdek, tarixiy haqiqat va xotira asosida milliy g‘urur va fuqarolik mas‘uliyatini kuchaytirish, bugungi tinchlik va mustaqillikning qadriga yetish va uni asrash mas‘uliyatini yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustahkam e‘tiqod ruhda tarbiyalash masalalari muhimligi ta'kidlandi.
Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashib, maktab jamoalarida tarixiy xotira va vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlarni yana-da kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirdilar.









