"Uzluksiz kasbiy rivojlanish CPD Hub"ning navbatdagi seminari ingliz tili o‘qituvchilari va o‘qituvchi-trenerlar uchun tashkil etildi

8 10.02.2026 16:06

Seminarda ishtirokchilar keng qamrovli o‘qish (extensive reading) tamoyillari bilan tanishib, darajalarga moslashtirilgan o‘quv kitoblari (graded reader)dan foydalanish orqali o‘quvchilarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishning amaliy usullarini o‘rgandilar.

Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali o‘z maktablarida keng qamrovli o‘qish dasturini joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar hamda inklyuziv ta‘limning ahamiyati va chet tilini o‘qitish jarayonida inklyuziv sinf muhitini yaratish, barcha o‘quvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda samarali dars tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.

Bu kabi seminarlar uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) doirasida pedagoglarning professional bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Maʼlmuot uchun: Mazkur tadbir AELLCA — Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Dastur Buyuk Britaniya hukumatining Xalqaro rivojlanish departamenti moliyaviy ko‘magida Britaniya Kengashi tomonidan amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech