“Samarali kouching va fasilitatorlik tamoyillari” mavzusida trening boshlandi
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida, Ishonch jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida master-trenerlar uchun 3 kunlik trening boshlandi.
Mazkur trening dasturning 3-moduli bo‘lib, avval Toshkent va Buxoro shaharlarida o‘tkazilgan bosqichlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Bugun start olgan treningda A.Avloniy nomidagi institut va Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridagi pilot hududlardan saralab olingan 21 nafar master-trenerlar ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida kouching, fasilitatsiya va mentorlik yondashuvlari, shuningdek, kasbiy o‘rganish jamoalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanadi.
Ma’lumot uchun: Kelgusida aynan ushbu master-trenerlar 300 nafar mentor uchun treninglarni tashkil etish va olib borishda yetakchi rolni bajaradi.








