A.Avloniy nomidagi institutda Rektor huzuridagi yig‘ilish o‘tkazildi
Unda institut faoliyati oldida turgan vazifalar, amalga oshirilayotgan ishlar natijalari hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
- Rahbar va pedagoglar malakasini oshirish;
- menejerlik o‘quv kurslarining yakuniy sinov jarayonlari hamda manager.uzedu.uz platformasini takomillashtirish;
- “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilishi va ularning sifatini ta’minlash, krk.avloniy.uz platformasini takomillashtirish;
- ijro intizomi holati kabi masalalar tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, zamonaviy metodikalarni joriy etish va ommalashtirish.avloniy.uz platformasi hamda antiplagiat tizimining ishga tushirilishi masalasi ko‘rib chiqilib, vazifalar belgilandi.







