Institut kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi quyidagi:
- Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining takomillashtirilgan o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlashga tavsiya etish;
- STEAM markazi faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar hamda uni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlashga tavsiya etish;
- institut professor-o‘qituvchilarini tegishli ixtisosliklar bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish;
- institut izlanuvchilariga ilmiy rahbarlar tayinlash hamda dissertasiya mavzularini o‘zgartirish;
- institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish;
- institut tadqiqotchilarining yakka tartibdagi reja va nazariy metodologik dasturlarini tasdiqlash;
- institutda 2026-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilar qabul natijalarini tasdiqlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kengash so‘ngida masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.







