8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
16
06.03.2026
21:45
Bugun A.Avloniy nomidagi institutda jamoa ayol-qizlari uchun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori Abduvali Ismailov ochib berib, jamoaning xotin-qizllarini bayram bilan tabrikladi.
Ayol-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning har sohani rivojlantirishdagi hissasi va kelajak avlodni tarbiyalashdagi mashaqqatli mehnatlarini e'tirof etdi.
Xususan, institut jamoasidagi xotin-qizlarning yutuqlarini raqamlarda keltirib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan tayyorlangan video rolik, illyuzionistning chiqishlari va musiqiy dasturlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.









