“Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar o‘tkazildi

16 13.03.2026 14:37

Tadbirda malaka oshirish kurs tinglovchilari, umumtaʼlim maktab direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi yod etildi.

Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodlar yodida abadiy saqlash orqali ularda milliy o‘zlikni anglash, mustaqillik qadriga yetish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari ilgari surildi.

Shuningdek, tarixiy haqiqat va xotira asosida milliy g‘urur va fuqarolik mas‘uliyatini kuchaytirish, bugungi tinchlik va mustaqillikning qadriga yetish va uni asrash mas‘uliyatini yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustahkam e‘tiqod ruhida tarbiyalash masalalari muhimligi taʼkidlandi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech