PIRLS 2026 asosiy sinov jarayonlarini xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish maqsadida test administratorlari uchun seminar-trening boshlandi

9 07.04.2026 14:13

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etilgan treningga 35 nafar mutaxassislar jalb etildi.

Unda ishtirokchilarga test administratorlarining asosiy vazifalari, tadqiqot materiallari bilan ishlash tartibi, test va so‘rovnomalarni o‘tkazish jarayonlari, maxsus platformani ishga tushirish va undan foydalanish, test jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni boshqarish bo‘yicha batafsil nazariy va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

6-7-aprel kunlari o‘tkazilayotgan treningning ikkinchi kuni amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2026-yilning aprel–may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech