Malaka oshirish tashkilotlarida ta’lim sifatiga mas’ul xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi
7
09.04.2026
19:36
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan A.Avloniy nomidagi institutda o‘tkazilgan mazkur treningda tinglovchilarga akkreditatsiya bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar, davlat ta’lim talablari hamda akkreditatsiya mezonlari asosida ichki baholashni tashkil etish bo‘yicha zarur nazariy bilimlar berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga akkreditatsiya platformasi orqali ichki baholashni amalga oshirish hamda ichki sifatni ta’minlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.






