#forum Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari forumi boshlandi
13
13.05.2026
17:17
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut tomonidan tashkil etilgan forum doirasida Qoraqalpog‘iston Respublika maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmalarining sho‘ba mudirlari, hududiy pedagogik mahorat markazlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun seminar tashkil etildi.
Unda vazirlik va institut rahbariyati ishtirokida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilishi, 100 soatlik malaka oshirish kurslarining yakunlari hamda ommalashtirish jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Forum 14-may kuni konferensiya, taʼlim ko‘rgazmalari va madaniy dasturlar bilan davom etadi.









