#forum "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini o'tkazishfa faol ishtirok etgan bir guruh pedagog xodimlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining nufuzli tarmoq mukofotlari bilan taqdirlandi.

18 17.05.2026 07:34


“Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan:

Jamalatdin Utepbergenov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi geografiya va tabiiy fanlar (STEM) metodisti;

Tuychiboy Yuldashov — Boyovut tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabining matematika va informatika fani o‘qituvchisi taqdirlandilar.

“Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan:

Durdona Jumaboyeva — Andijon viloyati Andijon tumanidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi;

Sanat Oripov — Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim fani metodisti;

Nodira Rashidova — Jizzax shahri 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

Shahnoza Xaitova — Konimex tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

Dilshodabonu Xalilova — Bag‘dod tumanidagi 51-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;

Mansur Abdullayev — Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tarbiya fani metodisti;

Eldor Xudoyberdiyev — A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri taqdirlandilar.

Mukofotlar vazir E'zozxon Karimova tomonidan A.Avloniy nomidagi institutda 2026-yil 13-14-may kunlari bo'lib o'tgan forumning taqdirlash marosimida o'z egalariga topshirildi.

Shuningdek, bir guruh pedagog xodimlar Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech