Institutda huquqiy nigilizm mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
30
04.06.2026
17:01
A.Avloniy nomidagi institutda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut bo‘lim va kafedra xodimlari ishtirokida huquqiy nigilizmning oldini olish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga huquqiy nigilizmning mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari, salbiy oqibatlari hamda uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, tadbir yakunida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.



