A.Avloniy nomidagi institutda “Kattalar ta’limi” hamda “Ta’lim menejmenti” mutaxassisliklari magistrantlarining ilmiy amaliyot (stajirovka) hisobotlari va magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan dastlabki himoya jarayonlari tashkil etildi.

5 10.06.2026 13:50

Jarayonda magistrantlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amaliyot natijalari hamda magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha taqdimot qildilar.

Shuningdek, magistrantlarning dissertatsiya ishlari institutning “Pedagogika va psixologiya” hamda “Ta’lim menejmenti” kafedralari professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Dastlabki himoya jarayonlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda magistrantlarning ilmiy ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, dissertatsiyalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech