Qatag‘on qurbonlari xotirasi yod etildi

22 12.06.2026 13:41

A.Avloniy nomidagi institutda “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda institut xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir avvalida yurtimiz ozodligi, xalqimizning qadr-qimmati va milliy qadriyatlarimizni himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoiy ajdodlarimiz xotirasi yod etildi.

Seminar davomida qatag‘on qurbonlari hayotini o‘rganish orqali yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, mustaqillik qadrini his etish va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda pedagoglarning muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilar ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech