BRIGHT loyihasi doirasida birinchi qo‘shma muvofiqlashtirish guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

28 17.06.2026 22:26

A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan BRIGHT (Basic Research and Interventions to Generate Highly-qualified Teachers) loyihasi doirasida o‘tkazilgan birinchi Qo‘shma muvofiqlashtirish guruhi (JCC) yig‘ilishida vazirlik mas’ullari, institut, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti vakillari hamda loyiha ishtirokchilari qatnashdilar.

Yig‘ilish davomida loyiha maqsadlari, amalga oshirish mexanizmlari, baholash indikatorlari, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan yillik ish rejasi, pilot maktablar faoliyati hamda dala tadqiqotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, loyiha doirasida ishlab chiqiladigan metodik mahsulotlar, qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish dasturlari hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida BRIGHT loyihasining navbatdagi bosqichlarini samarali amalga oshirish, ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan vazifalarni izchil bajarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech