“Bir kitob – bir mamlakat” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

36 18.06.2026 20:31


A.Avloniy nomidagi institutda Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tomonidan geografiya fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Bir kitob – bir mamlakat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblar taqdimotini o‘tkazib, asarlarning g‘oyaviy mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda unda tasvirlangan voqea-hodisalar bilan bog‘liq mamlakatlar haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, kitoblarda aks etgan tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati shaklida o‘tgan tadbirda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda tinglovchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi mazmunli muhokamalar tashkil etildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech